date
views 2 977

Dunyoning eng tez cho‘kayotgan shaharlari ma’lum bo‘ldi

Dunyoning eng tez cho‘kayotgan shaharlari ma’lum bo‘ldi
Hoshimin (Saygon)
Bir guruh olimlar o‘tkazgan tadqiqot Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi ayrim shaharlarda, dunyoning boshqa yerlaridagiga nisbatan, sezilmasdan cho‘kish jarayoni ancha tez kechayotganini ko‘rsatdi. Bu haqda Nature yozdi.

Mutaxassislar o‘n millionlab odamlar dunyo okeani suv sathi ko‘tarilishi qarshisida ojiz qolishayotganiga e’tiborni qaratishdi.

Vetnamning 9 mln kishi yashovchi Hoshimin (kino va adabiyotlarda Saygon nomi ostida mashhur) shahri dunyoning qirg‘oqbo‘yida joylashgan 48 ta yirik shahri orasida eng tez cho‘kmoqda.

Bu ro‘yxatda Bangladeshning Chittagong port-shahri ikkinchi o‘rinda joylashdi.

Chittagong
Suv bosish xavfi yuqori yirik shaharlar beshligida keyingi o‘rinlarda: Ahmadobod (Hindiston), Jakarta (Indoneziya poytaxti, bu mamlakat poytaxtni ko‘chirish taraddudida) va Yangon (Myanma poytaxti).

BMTning Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi bayonotiga ko‘ra, 2050 yilga borib sayyoramizning 1 milliard aholisi dunyo okeani sathi ko‘tarilishi oqibatida doimiy suv bosishi xavfi ostida yashaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng tez cho‘kayotgan shaharlari ma’lum bo‘ldi