
Foto: «RTVI»
Rossiya Konstitutsiyaviy sudi iste’foga chiqish haqida ariza bergan sudya Konstantin Aranovskiyning vakolatlarini tugatdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
«2022 yil 27 sentyabrdan buyon Konstantin Aranovskiy Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudining iste’fodagi sudyasi lavozimida ishlab kelmoqda», — deyiladi sud bayonotida.
Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudi matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, Aranovskiy Konstitutsiyaviy yosh chegarasiga yetmasdan, muddatidan oldin iste’foga chiqishni so‘ragan.
Aranovskiyning iste’foga chiqishga qaror qilgan sabablari sudning press-relizida aytilmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar