
Foto: Facebook / Ilya Svetikov
Moskvada harbiy xizmatga chaqiruv qog‘ozi Kurkino munitsipal okrugi rahbari Ilya Svetikovga topshirildi. Bu haqda uning o‘zi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ilya Svetikov ayni paytda Kurkino munitsipal okrugi bo‘yicha chaqiruv komissiyasining rahbari hisoblanadi.
Ilya Svetikov bu haqda bir kun avval Facebook'dagi sahifasida xabar berdi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga voqea aks etgan video va chaqiruv qog‘ozi suratini joylashtirgan.
Bundan oldin AQSH o‘z fuqarolarini Rossiyani zudlik bilan tark etishga chaqirgandi.
Safarbarlik fonida Rossiyani tark etish imkoniyatlari tobora kamayib bormoqda, deya ogohlantirdi AQSH Davlat departamenti. Uning ta’kidlashicha, ikki fuqaroligi bo‘lgan shaxslar Ukraina bilan urush uchun armiyaga chaqirilishi mumkin.
28 sentyabr, chorshanba kuni AQSHning Moskvadagi elchixonasi saytida e’lon qilingan murojaatda Davlat departamenti 21 sentyabr kuni Rossiyada «qisman safarbarlik» e’lon qilingani va ikki fuqarolikka ega bo‘lganlar armiyaga chaqirilib, Ukraina bilan urushga yuborilishi mumkinligini eslatgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar