2 180
AQSH Oliy sudi: Yahudiy universiteti LGBT guruhini tan olishi kerak... Navbat musulmonlargami?

AQSH Oliy sudi 14 sentyabr kuni Nyu-Yorkdagi yahudiy ortodoksal universitetidan LGBT talabalar jamoalarini rasman tan olishi shartligini ma’lum qildi. Bu diniy huquqlarning qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi.
Idora Nyu-York shtati sudining iyun oyidagi qarorini kuchda qoldirgan. Universitet o‘z navbatida diniy tashkilot ekanini va bu kabi talablardan daxlsiz ekanini aytgan. Bu AQSH konstitutsiyasida belgilangan e’tiqod erkinligining buzilishiga olib kelishi ta’kidlangan.
LGBT talabalar jamoasi yahudiy ortodoksal universitetidan 2019 yildan buyon o‘z huquqlarini tan olishni talab qilib keladi. 2021 yil aprelida ular o‘quv muassasasi ustidan sudga shikoyat qiladi.
Ushbu holat AQSH musulmonlarini jiddiy xavotirga solishi kerak. Ma’lum bir vaqtdan so‘ng musulmon jamoalariga ham shu kabi talablar qo‘yilishi mumkin.
LGBT “faollar” “insonlarning asosiy huquq”larini niqob qilib diniy jamoalar orasida shu kabi targ‘ibotlarni yuritmoqda. Ular muhabbat tushunchasini noto‘g‘ri talqin qilib, o‘z shahvoniy maqsadlarida foydalanmoqda.
Muhabbat erkak va ayol o‘rtasidagi nikoh orqali namoyon bo‘ladi. Sivilizatsiyani davom ettirish uchun bu insoniyatga berilgan yagona huquqdir!
Bu voqea musulmon jamiyatini ham qattiq bezovta qilishi kerak, chunki bu Amerikadagi diniy erkinlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumdir. Musulmon jamiyatidagi haddan tashqari buzuqlar sudga shunga o‘xshash da’volarni qo‘zg‘atishga qaror qilishlari, masjid va islom maktablarida tan olinishini talab qilishlari faqat vaqt masalasidir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar