07:23 / 01.10.2022
3 632

Dog‘iston muftiysining rafiqasi Putinga murojaat bilan chiqdi

Dog‘iston muftiysining rafiqasi Putinga murojaat bilan chiqdi
Ayna Gamzatova Vladimir Putinga murojaat qilib, mintaqa aholisi Ukrainaga yuborilishini olti oy muddatga kechiktirishni so‘radi.

«Men va mening xalqim, (Dog‘istonning) 3 million aholisidan uch mingdan ortig‘i allaqachon frontda ekanini, ular orasida qahramonlar ham borligini hisobga olib, safarbarlik va boshqa murojaatlardan muhlat berishingizni taklif qilmoqchimiz», — degan Dog‘iston muftiysining rafiqasi.

Uning fikricha, olti oy ichida mintaqa «dog‘istonlik yigitlarni professional darajada tayyorlash» imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozir, uning so‘zlariga ko‘ra, Dog‘istondan urushga mutlaqo tayyor bo‘lmagan, jangovar texnikani bilmaydigan, umuman qurolning hech qanday turini bilmaydigan yoshlar yuboriladi.

Dog‘iston muftiysining rafiqasi Putin «dono, to‘g‘ri va irodali qaror” qabul qilishiga umid bildirgan va Prezidentning har qanday qarori “biz uchun qonun va yuzaga kelgan vaziyatda adolatli natija olishning kafolati» ekanini ta’kidlagan.

Gamzatova, shuningdek, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov «ko‘p yillar davomida o‘z respublikasida malakali va sodiq jangchilarni tayyorlagani»ni ham eslatib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo