20:49 / 01.10.2022
2 719

Alla Pugachyova o‘z qasrini sotuvga qo‘ydi

Alla Pugachyova o‘z qasrini sotuvga qo‘ydi
Rossiyalik mashhur xonanda Alla Pugachyova o‘zining Gryaz qishlog‘idagi qasrini 1 milliard rublga sotuvga qo‘ydi.

Qayd etilishicha, qasr maydoni 2300 kvadrat metrni tashkil qiladi. Olti qavatlik binoda yerosti garaji, katta suzish havzasi, sahnali oilaviy teatr bor. Bundan tashqari, hududda mehmon uyi mavjud. Jami xonalar soni 20 tani tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alla Pugachyova farzandlari bilan birgalikda Rossiyani tark etgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo