14:00 / 02.10.2022
2 031

G‘arbga Rossiya kerak emas, ular bizni shunchaki qulga aylantirmoqchi – Putin

G‘arbga Rossiya kerak emas, ular bizni shunchaki qulga aylantirmoqchi – Putin
G‘arba Rossiya kerak emas, ular bizni shunchaki qulga aylantirishmoqchi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun Kremlda bo‘lib o‘tgan DXR, LXR, Zaporoje va Xerson viloyatlarini Rossiyaga qo‘shib olish marosimida.

"Biz mustamlakachilar istilosi davrida o‘zimizni talon-taroj qilishga yo‘l qo‘ymadik. Bunga pravoslavlik, islom, iudaizm va buddizmning buyuk axloqiy qadriyatlari asosida ochiq rus madaniyati va rus tili asosida rivojlangan va mustahkamlangan kuchli markazlashgan davlatni yaratish orqali erishildi.

G‘arb bizni mustamlaka sifatida ko‘radi, bizni ruhsiz qul sifatida ko‘rishni xohlaydi. Bizning madaniyatimiz ular uchun xavfli, shuning uchun ular buni taqiqlashga harakat qilishadi
", - dedi Putin.

Ma’lumot uchun, bugun Kremlda Donetsk Xalq Respublikasi, Lugansk Xalq Respublikasi, Zaporoje va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibisha qo‘shib olish to‘g‘risidagi shartnomalar imzolandi. Endi ushbu hududlar Rossiya Federatsiyasining sub’ektiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, 23-27 sentyabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tgan edi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporoje viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo