date
views 1 633

Qodirov Chechenistondan «o‘qitib tayyorlangan jangchilar» bo‘linmasi Ukrainaga jo‘nab ketganini ma’lum qildi

Qodirov Chechenistondan «o‘qitib tayyorlangan jangchilar» bo‘linmasi Ukrainaga jo‘nab ketganini ma’lum qildi
Foto: EPA
Checheniston Ukrainaga «o‘qitib tayyorlangan jangchilar» bo‘linmasini jo‘natdi, yana bir jangovar guruhni yaqin orada yuborishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda respublika rahbari Ramzan Qodirov o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.

«Bu shuning uchun qilinyaptiki, bizning hujum chizig‘imiz maksimal darajada zich bo‘lsin, jangchilar shiddatli hujumlarda navbat almashib, bir-birining o‘rnini bossin», — deya aniqlik kiritdi u.

Ukrainada Rossiya maxsus operatsiyasi boshlanganidan keyin, mart o‘rtalarida Chechenistondan mingdan ortiq ko‘ngillilar jangovar harakatlarda qatnashish uchun jo‘nab ketgandi. Shundan keyin Qodirov yangi guruhlar yuborilgani haqida ko‘p bora xabar qilgan. 15 sentyabrda esa u Rossiya hududlari rahbarlariga murojaat qilib, «o‘z-o‘zini safarbar qilish»ni taklif etgandi. Oradan olti kun o‘tib, Putin qisman safarbarlik e’lon qildi.

Qodirov Chechenistonda safarbarlik bo‘yicha reja «254 foizga oshirib bajarilgani»ni ma’lum qildi hamda respublikada ming nafar ko‘ngillidan iborat zaxira borligini, ular «zarur bo‘lgan holda Vatan himoyachilari saflarini to‘ldira olishi»ni aytdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qodirov Chechenistondan «o‘qitib tayyorlangan jangchilar» bo‘linmasi Ukrainaga jo‘nab ketganini ma’lum qildi