1 129
Davlat dumasi Ukrainaning to‘rt oblasti Rossiya tarkibiga «kirishi» to‘g‘risidagi shartnomalarni tasdiqladi

Foto: RIA Novosti
RF davlat dumasi deputatlari Ukrainaning Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya oblastlarining Rossiya tarkibiga «kirishi» to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihalarini bir ovozdan ma’qulladi.
Ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov taqdim qildi.
«Bu jarayon 2014 yilda Rossiyaga Qrim Respublikasi va Sevastopol shahri qaytarib olinishi bilan boshlangan rus yerlari birlashishining mantiqiy davomi bo‘ldi», - dedi u.
27 sentyabr kuni qisman bosib olingan Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya oblastlarida Rossiya tashkillashtirgan «referendum»lar yakunlandi.
30 sentyabr kuni Kremlda «DXR» va «LXR» hamda qisman bosib olingan Xerson va Zaporijjya oblastlarining Rossiyaga qo‘shilishi to‘g‘risidagi shartnomalar imzolandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar