
Yangi qoidalar 3 oktabrdan kuchga kirdi. Birlashgan Arab Amirliklari sayyohlar, ish izlovchilar va mamlakatga ko‘chib o‘tishni xohlovchilar uchun yangi viza qoidalarini joriy etish orqali migratsiya qonunchiligini yangiladi.
Immigratsiya qonunchiligini ko‘rib chiqish natijasida BAAning shaxsni aniqlash, fuqarolik, bojxona va port xavfsizligi bo‘yicha federal organi (ISP) sayyohlar, ish izlovchilar va Fors ko‘rfazi mamlakatida istiqomat qilishdan manfaatdor bo‘lgan odamlar uchun yangi viza qoidalari to‘plamini joriy qildi.
Ular BAAga kirish va yashashga ruxsat beruvchi 15 turdagi vizalar uchun yangilangan talablar va qoidalarni o‘z ichiga oladi. Bularga turistik kirish vizalari, “oltin” va “yashil” yashash uchun ruxsatnomalar, yuk mashinalari haydovchilari uchun quruqlikdagi portlar orqali kirish ruxsatnomalari, qo‘shni davlatlar fuqarolari uchun vizalar, kruiz kemalari ishchilari berilgan vizalar va boshqalar kiradi.
Guif News xabariga ko‘ra, sayyohlar uchun muddati uzoqroq vizalar, “yashil” vizada qolish muddatini uzaytirish va kengaytirilgan 10 yillik “oltin” viza sxemasi yangi kiritilgan qoidalarning asosiy yangiliklari bo‘ldi. Endilikda sayyohlar Amirliklarda avvalgidek 30 kun emas, 60 kun bo‘lishlari mumkin.
Bundan tashqari, besh yillik ko‘p martalik sayyohlik vizasi tashrif buyuruvchilarga BAAda ketma-ket 90 kungacha qolish imkonini beradi. Ish izlovchi vizasi esa professional ishchilarga homiy yoki mezbon tomonsiz BAAda ishga joylashish imkoniyatlarini izlashga yordam beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar