15:42 / 05.10.2022
1 674

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Zaxarovaning “harakati”ga e’tiroz bildirdi

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Zaxarovaning “harakati”ga e’tiroz bildirdi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning Ukraina elchisi haqidagi izohi Ostona va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar xarakteriga mos kelmaydi.

Bu haqda 5 oktabr, chorshanba kuni Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma’lum qildi, deb yozadi “zakon.kz”.

Rossiya TIV rasmiy vakili Zaxarovaning Ukraina elchisining Qozog‘istondan chiqarib yuborilishi haqidagi izohiga kelsak, shuni ta’kidlashni istardimki, uning bayonotlari ohangi, bizning fikrimizcha, ittifoqchi davlatlar tabiatiga mos kelmaydi. Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar teng huquqli strategik sheriklardir”, — dedi u.

Smadiyarovning aytishicha, bugun, 5 oktabr kuni Rossiyaning Qozog‘istondagi elchisi Aleksey Borodavkin TIVga chaqiriladi. Tashqi ishlar rasmiy vakili Rossiya elchisi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga suhbat uchun chaqirilishini ma’lum qildi.

Smadiyarovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining “janob Vrublevskiyning provokatsion xatti-harakati” bo‘yicha prinsipial pozitsiyasi Ukraina tomoni, shuningdek, jamoatchilik e’tiboriga havola qilingan.

Shuningdek, Ukraina tomoni Pyotr Vrublevskiyning qozog‘istonliklarning, ayniqsa etnik ruslarning his-tuyg‘ularini ranjitgan bayonotlari qabul qilinishi mumkin emasligi haqida ma’lum qilindi, dedi diplomat.

Ukraina tomoniga bu kabi bayonotlar elchi faoliyatiga mos kelmasligi haqida ham aytildi, dedi u.

Ukraina tomoni buni tushunish bilan qabul qildi va uni olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ayni paytda Ukraina Tashqi ishlar vazirligidan Ostonaga yangi elchi tayinlash bo‘yicha so‘rov kelib tushgan. Qayd etishni istardimki, biz Ukraina tomoni bilan bu masalada to‘liq o‘zaro tushunishga egamiz”, — deya qo‘shimcha qildi diplomat.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo