6 oktyabr kuni erta tongda Rossiya qoʻshinlari Ukraina hukumati nazorati ostidagi Zaporoje shahriga ettita raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda Zaporoje viloyati harbiy boshqarmasi boshligʻi Aleksandr Starux ma'lum qildi.
Staruxning soʻzlariga koʻra, zarbalar nishoni infratuzilma ob'ektlari boʻlgan, ammo raketalar koʻp qavatli turar joy binolariga tushgan. Uylar jiddiy shikastlangan, shaharda yongʻinlar boshlangan.
«Zaporoje shahriga raketa hujumlari oqibatida ikki ayol halok boʻldi, yana besh kishi vayronalar ostida qolmoqda», — dedi Starux.
Tarmoqlarda hodisa joyidagi vayronagarchiliklar aks etgan video va suratlar tarqaldi.
«Suspilne» nashri ma'lumotlariga koʻra, Zaporojega hujum vaqtida jami 10 kishi jabrlangan. Ulardan sakkiz nafari kasalxonaga yotqizilgan. Viloyat hokimligi rahbarining soʻzlariga koʻra, shifoxonaga tushganlar orasida uch yoshli qizcha ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi
Tramp Putin u bilan uchrashmoqchi ekanini aytdi (video)
Zelenskiy ikkinchi muddatga prezidentlikka saylanishga qaror qildi
Dunyodagi eng qashshoq prezident saratondan davolanishga qarshi chiqdi
Ilon Mask Britaniya bosh vazirini lavozimidan qanday chetlatishni oʻrganmoqda