19:08 / 06.10.2022
1 711

30 yillik sir: Ozarbayjonda ommaviy qabrlar topildi

30 yillik sir: Ozarbayjonda ommaviy qabrlar topildi
Fojia joyiga xorij harbiy attashelari taklif etilgan. Ozarbayjonning Xojavand tumani Edilli qishlog‘ida ommaviy qabrlar topildi. Bu haqda mamlakat prezidentining yordamchisi Hikmat Hojiyev ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.

Ommaviy qabrlar 30 yil avval Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida kechgan Birinchi Qorabog‘ urushiga oid ekani aytilmoqda. H.Hojiyevga ko‘ra, Edilli qishlog‘idan topilgan jasadlar qiynoqlar orqali o‘ldirilgan va hozirga qadar daraksiz yo‘qolgan deb kelingan ozarbayjon askarlariga tegishlidir.

AZERTAC axborot agentligi Ozarbayjonda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy diplomatik vakolatxonalar harbiy attashelari Edilliga borib, ommaviy qabrlarni ko‘zdan kechirgani haqida xabar qildi.

Qariyb 30 yil ishg‘ol ostida bo‘lgan Xojavand tumani 2020 yilning kuzida, Ikkinchi Qorabog‘ urushi yakunida Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan ozod qilingan. So‘nggi oylarda hududdan bir necha ommaviy qabrlar topilgan.

Xalqaro qizil xoch qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1990-yillardagi Qorabog‘ urushi davrida 4000 ga yaqin Ozarbayjon fuqarosi bedarak yo‘qolgan. Boku Yerevandan o‘z fuqarolari dafn etilgan hududlarni ochiqlashni talab qilib keladi.

Edilli qishlog‘ida ommaviy qabrlar topilishi munosabati bilan Ozarbayjon diasporalari tashkilotlari BMT, Yevropa Kengashi va boshqa tashkilotlarga murojaat yo‘llab, holatni xalqaro huquq me’yorlariga ko‘ra baholashga chaqirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 30 yillik sir: Ozarbayjonda ommaviy qabrlar topildi