date
views 1 141

Pragada Aliev, Erdoʻgʻan va Pashinyan uchrashuv oʻtkazdi

Pragada Aliev, Erdoʻgʻan va Pashinyan uchrashuv oʻtkazdi
Foto: Twitter
Chexiya poytaxti Pragada Evropa siyosiy jamoatchiligi sammiti oʻtkazildi. Sammit doirasida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Turkiya prezidenti Rajab Erdoʻgʻan va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliev oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.

Pashinyan Pragaga borishidan asosiy maqsadi Turkiya yetakchisi Rajab Erdoʻgʻan bilan uchrashish ekanini aytgandi. Pashinyan va Erdoʻgʻan ilk marta oʻzaro uchrashuv oʻtkazishdi. Aliev va Pashinyan ham oʻzaro yakkama-yakka uchrashuv oʻtkazgan. Shuningdek, uchchala davlat rahbari birgalikda muloqot qildi.

Foto: Twitter
Ozarboyjon va Armaniston yetakchilari Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron va Evropa kengashi rahbari Sharl Mishel bilan ham uchrashuvlar oʻtkazishi kutilgandi. Bu uchrashuvlar Armaniston va Ozarboyjonni chegara masalasida tinchlikka chorlashga qaratilishi aniq, ammo hozircha ularning tafsilotlari ma'lum emas.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pragada Aliev, Erdoʻgʻan va Pashinyan uchrashuv oʻtkazdi