18:38 / 07.10.2022
857

AQSH Suriyada 3 nafar ISHID yetakchisi o‘ldirilgani haqida ma’lum qildi

AQSH Suriyada 3 nafar ISHID yetakchisi o‘ldirilgani haqida ma’lum qildi
Foto: «Defense.gov»
AQSH harbiylari Suriyada ISHID terror tashkilotining uch nafar yetakchisini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgani haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda Deutsche Welle.

AQSH Markaziy qo‘mondonligi (Centcom) reyd nishoni qurol kontrabandasi va jangarilarga yordam berish bilan tanilgan ISHID a’zosi Vohid al-Shamri bo‘lganini ta’kidladi. U maxsus operatsiya davomida o‘ldirilgan, yordamchilaridan biri yaralangan, yana ikki nafari qo‘lga olingan.

Shuningdek, AQSH harbiy-havo kuchlarining aviazarbasi oqibatida tashkilot rahbarining Suriyadagi o‘rinbosari Abu-Hashum al-Umaviy halok bo‘lgan. U ISHIDning eng kuchli besh a’zosidan biri edi. Xuddi shu zarbada tashkilotning yana bir yetakchisi Abu Muad al-Qahtaniy ham yo‘q qilingan.

Xabar qilinishicha, AQSH armiyasi nishonlarga zarba berishda boshqalarga xavf tug‘dirmaslik bo‘yicha razvedka ma’lumotlarini yig‘ish uchun 1000 soatdan ortiq vaqt sarflagan. Tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lgani haqida ma’lumot yo‘q.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo