13:57 / 08.10.2022
2 004

Rossiyada o‘zbeklar ishtirokidagi to‘qnashuvda o‘q otar qurol ishlatildi

Rossiyada o‘zbeklar ishtirokidagi to‘qnashuvda o‘q otar qurol ishlatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migrantlari o‘rtasida mushtlashuv yuz bergani, unda O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Sankt-Peterburg shahri janubida bir nechta erkak kishi o‘rtasida kelishmovchilik natijasida janjal kelib chiqqan. Shuningdek, o‘zaro to‘qnashuv jarayonida o‘q otar quroli ham ishlatilgan.

Ushbu janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi 1994 yilda tug‘ilgan D.A. jarohat bilan shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Hozirgi vaqtda uning holati yaxshi. Hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo