11:11 / 10.10.2022
1 046

Kiyev Minskni «Kreml injiqliklarini bajarishni bas qilishga» chaqirdi

Kiyev Minskni «Kreml injiqliklarini bajarishni bas qilishga» chaqirdi
Foto: Ukraina Tashqi ishlar vazirligi
9 oktabr, yakshanba kuni Ukraina Tashqi ishlar vazirligi «Belarusning navbatdagi provokatsiyasi yuzasidan» bayonot berdi. Hujjatda qayd etilishicha, bir kun avval Ukrainaning Minskdagi elchisi Igor Kizim Belarus Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilingan va unga diplomatik nota topshirilgan. Unda Ukraina go‘yoki Belarus hududiga zarba berishni rejalashtirayotgani haqidagi da’vo bo‘lgan.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Belarus rejimining so‘nggi yolg‘onlarini qat’iyan rad etishini ma’lum qildi. «Ukraina hech qachon xorijiy hududlarga tajovuz qilmagan. Biz xalqaro huquqning asosiy norma va tamoyillariga hamda BMT nizomiga aniq amal qilamiz», - deyiladi hujjatda.

Nota taqdim etilishi Moskvaning Ukrainani yanada ayblash maqsadida Belarus hududida provokatsiya qilish rejasining bir qismi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilib, Ukraina diplomatik idorasi Belarus xalqini provokatsiyalarga berilmaslikka chaqirdi. «Belarus hukumati Kreml injiqliklarini bajarishni bas qilishi va Rossiyani Ukrainaga qarshi tajovuzni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashni darhol to‘xtatishi kerak», — deyiladi bayonotda.

Litva mudofaa vaziri Arvidas Anushauskasning fikricha, Minsk Kiyevni Ukrainani o‘z kuchlarining bir qismini frontdan Belarus bilan chegaradosh hududlarga ko‘chirishga majburlash maqsadida hujum tayyorlaganlikda ayblagan. «Taktik yadro qurollari o‘rniga Lukashenko ishga tushirildi», — deb yozdi harbiy idora rahbari Twitter'da.

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko 4 oktabr kuni harbiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yig‘ilishda Ukraina chegaraga 15 ming nafargacha harbiy xizmatchilarni jalb qilganini, «u yerdagi muhandislik nazorat-o‘tkazish punktlarini jihozlagani va pozitsiyalarni o‘qqa tutganini», doimiy ravishda harbiy provokatsiyalar amalga oshirayotganini aytdi. Unga ko‘ra, Polsha, Litva va Latviya ham Belarus bilan chegaralar yaqinida harbiy kuchlarini to‘plamoqda. Bu borada hech qanday dalil keltirilmagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo