11:35 / 10.10.2022
950

Yevropa ittifoqi 15 minggacha ukrainalik harbiyni tayyorlab beradi

Yevropa ittifoqi 15 minggacha ukrainalik harbiyni tayyorlab beradi
Foto: Reuters
Yevropa ittifoqi bu qishda 15 minggacha ukrainalik harbiyni tayyorlamoqchi. O‘quv markazlari Germaniya va Polshada joylashtiriladi, deb yozadi Welt am Sonntag (WamS) gazetasi 9 oktabr, yakshanba kuni Yevropa ittifoqining yuqori martabali diplomatlari va tegishli rezolyutsiyalarga tayanib. O‘quv missiyasi uchun mandat dastlabki ikki yil muddatga amal qiladi.

Nashrning yozishicha, «Siyosat va xavfsizlik qo‘mitasi» (PSK) doirasida qabul qilingan qarorga ko‘ra, kadrlar tayyorlash bo‘yicha tegishli modul va tuzilmalar tezkorlik bilan yaratilishi kerak. Maqsad - Ukrainaning «hududiy yaxlitlik va suverenitetni himoya qilish uchun mustaqil ravishda harbiy amaliyotlar o‘tkazish» imkoniyatiga ega bo‘lishi, deb yozadi gazeta. Kelajakda o‘qitiladiganlar soni 15 000 va undan ko‘proqqa oshirilishi mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, Polshada ukrainalik harbiylar kimyoviy, biologik va yadroviy qurollardan himoyalanish, tibbiy yordam va kiberhujumlarga qarshi kurash bo‘yicha o‘qitiladi. Dastur shuningdek, harbiy logistika, qurollarni ta’mirlash, shahar sharoitida jangovar harakatlar, havo mudofaasini tashkil etish va artilleriyani joylashtirish masalalarini o‘z ichiga oladi. Germaniyada maxsus o‘quv bo‘linmalari minalardan tozalash yoki urush taktikasini o‘rgatadi. Ukraina harbiylari uchun kurslar Yevropa ittifoqining boshqa davlatlarida ham tashkil etiladi. WamS ma’lumotlariga ko‘ra, yangi o‘quv missiyasini joylashtirish to‘g‘risidagi qaror Yevropa ittifoqi tashqi ishlar vazirlari tomonidan 17 oktabr kuni Luksemburgdagi yig‘ilishda qabul qilinishi kerak.

Yevropa ittifoqi yaqin oylarda Ukrainaga harbiy yordamni ham sezilarli darajada oshirmoqchi. Shu maqsadda Yevropa Tinchlik jamg‘armasi (EFF) mablag‘i 2027 yilga borib hozirgi 5,7 milliarddan 10-12 milliard yevroga oshirish kerak. Xususan, bu mablag‘lar Yevropa ittifoqiga a’zo mamlakatlar tomonidan Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishni qisman moliyalashtiradi. Biroq hozircha aniq qarorlar qabul qilingani yo‘q, deya qayd etgan nemis nashri.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo