
Litva mudofaa vaziri Arvidas Anusauskas Ukraina tashqi ishlar vazirligining Minskdagi Ukraina elchisiga nota taqdim etgani haqidagi bayonotiga izoh berdi.
«Taktik yadro qurollari o‘rniga Lukashenko qo‘llanilmoqda. Kecha Belarus rasmiy ravishda Ukrainani o‘ziga qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rayotganlikda aybladi. Maqsad – imkon qadar ko‘proq Ukraina kuchlarini frontdan Belarus chegarasiga olib chiqish», deb yozgan Anushauskas Tvitter’da.
Ma’lumot uchun, 8 oktabr kuni Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy Minskdan nota kelib tushgan edi. Tegishli hujjatda Belarus tomoni Ukrainani mamlakatga zarba berishni rejalashtirayotganlikda ayblagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar