23:46 / 10.10.2022
1 297

Bayden: «Bu hujumlar Ukraina xalqini oxirigacha qo‘llab-quvvatlash qarorimizni yanada kuchaytiradi»

Bayden: «Bu hujumlar Ukraina xalqini oxirigacha qo‘llab-quvvatlash qarorimizni yanada kuchaytiradi»
Foto: aa.com.tr
AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Ukraina shaharlariga bergan ommaviy zarbasini qoraladi, deb yozadi Meduza.

- "Ushbu hujumlar Ukraina xalqini uzoq vaqt davomida qo‘llab-quvvatlash qarorimizni yanada kuchaytiradi.

AQSH bugun Rossiya tomonidan Ukrainaga, jumladan Kiyevga qarshi berilgan raketa zarbalarini keskin qoralaydi. Natijada tinch aholi halok bo‘ldi va yaralandi, harbiy maqsadda bo‘lmagan ob’ektlar vayron qilindi. Bu zarbalar yana bir bor janob Putinning Ukraina xalqiga qarshi noqonuniy urushidagi shafqatsizlikni ko‘rsatadi.

Bugun halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarga esa sog‘ayib ketishini tilab qolamiz.

Bu hujumlar Ukraina xalqini oxirigacha qo‘llab-quvvatlash qarorimizni yanada kuchaytiradi. Ittifoqdoshlarimiz va hamkorlarimiz bilan biz Rossiyani tajovuzkorligi uchun jazolashda davom etamiz, Putin va Rossiyani vahshiylik va harbiy jinoyatlar uchun javobgarlikka tortib, Ukraina kuchlariga o‘z mamlakati va erkinligini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan yordamni beramiz.

Biz yana bir bor Rossiyani bu asossiz tajovuzni zudlik bilan to‘xtatishga va o‘z qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqib ketishga chaqiramiz
", - dedi AQSH prezidenti Jo Bayden.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo