
Videodan skrinshot
Rossiyaning Kursk viloyatida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar Ukrainaga chegaradosh hududlarda tobora xavf ortib borayotgani sababli prezidentga videomurojaat yo‘lladi.
Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari vaziyatni o‘rganish va muammolarni hal qilish maqsadida Kurskka jo‘nab ketganini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun: Kursk tibbiyot oliygohi talabalari murojaatida ular ta’lim olayotgan tibbiyot muassasasidan 30 kilometr uzoqlikda atom elektr stansiyasi joylashgani bildirilgan. Shuningdek, xavf Ukraina-Rossiya urushi sabab yanada ortayotgani aytilgan. Ular davlat rahbaridan talabalarning o‘qishini O‘zbekistondagi OTMlarga ko‘chirishda yordam berishni so‘ragan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar