19:42 / 12.10.2022
1 515

Eronda “Isroil josusi” hibsga olindi

Eronda “Isroil josusi” hibsga olindi
Kirmon viloyatida bir shaxsning Isroil razvedkasi uchun josuslik qilgani sabab qo‘lga olingani ma’lum qilindi.

Eronning rasmiy xabar agentligi IRNAning xabar berishicha, Kirman mahkamasi rahbari Ibrohim Hamidiy Inqilobiy qo‘riqchilar armiyasi razvedka zobitlarining texnik kuzatuvi va razvedka ishlari natijasida shtatda Isroil razvedkasi bilan aloqador shaxsning aniqlanganligini ma’lum qildi.

Viloyatda savdo nomi bilan faoliyat yuritgan bu shaxsning qo‘lga olinganini qayd etgan Hamidiy gumonlanuvchining "razvedka va sabotaj" ta’limi uchun turli mamlakatlarga ko‘p marta sayohat qilganini, oxirgi safari esa Iroqning Erbil shahriga bo‘lganini bildirdi.

Hamidiyga ko‘ra, gumonlanuvchi ijtimoiy media va ba’zi shifrlangan xorijiy xabar almashish dasturlari orqali Isroil razvedkasi va harbiy bo‘linmalari bilan aloqa qilgan.

Hamidiy qo‘lga olingan shaxs kerakli ma’lumot to‘plaganidan so‘ng mintaqa davlatlaridan birida Isroil razvedkasi bilan uchrashishni va yangi lavozimni egallashni rejalashtirganini, ammon endi buni amalga oshira olmasligini aytdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo