13:30 / 13.10.2022
1 059

Toqayev Turkiya prezidentini orden bilan mukofotladi

Toqayev Turkiya prezidentini orden bilan mukofotladi
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammiti bo‘lib o‘tyapti.

Kecha Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Qozog‘iston rasmiysi Qosim Jomart Toqayevning taklifiga binoan Qozog‘istonga tashrif buyurdi.

Oqo‘rdada Erdog‘anni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng Oliy martabali mehmon Qozog‘iston Prezidenti bilan kichik uchrashuvga yo‘l oldi. Xususan, Toqayev va Erdog‘an Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining 4-yig‘ilishini o‘tkazdi.

Yig‘ilish kun tartibiga 5 ta masala: tashqi siyosat va sarmoya, savdo-iqtisodiy hamkorlik, transport va logistika, harbiy sanoat, energetika va qishloq xo‘jaligi masalalari kiritilgan.

Tomonlar tovar ayirboshlash hajmini qisqa muddatda 5 milliard dollarga, o‘rta muddatda esa 10 milliard dollarga yetkazishga kelishib oldi.

Yakunda Toqayev Erdog‘anni I darajali «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo