15:05 / 14.10.2022
4 554

“Eng ahmoqona g‘oya”. AQSHda Zelenskiyning taklifini tanqid qilishdi

“Eng ahmoqona g‘oya”. AQSHda Zelenskiyning taklifini tanqid qilishdi
Amerikalik jurnalist Vladimir Zelenskiyning Ukraina osmonida parvozsiz hudud yaratish taklifini tanqid qilishdi.

Amerikalik jurnalist Piter Suchiu 19FortyFive nashrida e’lon qilingan maqolasida Ukraina prezidenti bildirgan mamlakat osmonida parvozsiz hudud yaratish taklifini “muvaffaqiyatsiz va ahmoqona” deb atagan.

Uning fikricha, Ukraina osmoni yopilmaydi, chunki bu mojaroning yanada kuchayishiga va G‘arb samolyotlarining Rossiya Harbiy-havo kuchlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishiga olib keladi.

Parvoz etilmaydigan hudud aslo Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatmaydi. Bu shunchaki NATOni urushga aralashtirishi mumkin”, - deb yozadi jurnalist.

Jurnalist shuningdek, parvozsiz hududlarni yaratish samarali bo‘lmaydi deb hisoblaydi va avval ham bu chora qo‘llangani biroq mojarolarni to‘xtatishda hech qanday samara bermaganini eslatib o‘tgan.

24 fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilmoqda. Prezident Vladimir Putin maxsus operatsiyaning maqsadi Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratish deb atadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo