
13 oktabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Nikolayevni o‘qqa tutdi, oqibatda ko‘p qavatli uy vayron bo‘ldi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, kamida to‘rt kishi, jumladan 11 yoshli bola halok bo‘lgan. Xarkovga ham raketa hujumi uyushtirildi, shahar meri Igor Terexov elektr ta’minotidagi uzilishlar haqida ma’lum qildi.
Rossiyaning Belgorod viloyatida, gubernator Vyacheslav Gladkovning so‘zlariga ko‘ra, «Ukraina Qurolli kuchlarining o‘qqa tutishi oqibatida» o‘q-dorilar ombori portlatilgan, Belgorodning o‘zida esa raketa parchalari ko‘p qavatli turar joy binosiga qulagan, uning yuqori qavatini qisman buzgan. Jabrlangan va qurbonlar yo‘q. Rossiya safarbar qilinganlarning o‘limini birinchi marta rasman tasdiqladi: Chelyabinsk viloyati rasmiylari besh nafar fuqaroning o‘limi haqida xabar berdi. Meduza urushning 232-kuniga oid asosiy fotosuratlar bilan bo‘lishdi.
Nikolayevdagi turar joy binosiga berilgan zarba qurbonlari

13 oktabr kuni tunda rus qo‘shinlari Nikolayevga qarata o‘t ochdi, snaryadlardan biri turar joy binosiga tushdi. Yaralanganlar orasida 11 yoshli bola ham bor edi — u qutqaruvchilar uni topguncha olti soat vayronalar ostida qolgan. Kechqurun bola kasalxonada vafot etdi.
Foto: «Libkos»

Nikolayevda yashovchi kishi otishmada halok bo‘lgan amakivachchasining jasadi ustida yig‘lamoqda. Kechqurun shahar kengashi kamida to‘rt kishining o‘limi haqida xabar berdi.
Foto: AP Photo

Zarba tushgan binodagi kvartiralardan biri.
Foto: «Libkos»

Nikolayevlik keksa yoshli kishi telefonda gaplashish mobaynida yig‘lamoqda.
Foto: «Libkos»
Kupyanskdagi bozorning otishmalardan keyingi ko‘rinishi

13 oktabr kuni ertalab rus qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan 10 sentyabr kuni ozod qilingan Xarkov viloyatining Kupyansk shahrini o‘qqa tutdi. Hujum oqibatda shahar bozori hududidagi bir nechta do‘konlar yonib ketdi. Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Foto: Getty Images
Izyum janglar va okkupatsiyadan keyin

Izyumdagi vayron bo‘lgan turar joy binosi. Xarkov va Donetsk viloyatlari chegarasi yaqinida joylashgan shahar 11 sentyabr kuni ozod qilingan.
Foto: EPA

Urushning dastlabki kunlarida deyarli uzluksiz davom etgan otishmalardan birida halok bo‘lgan oilaning suratlari.
Foto: EPA

Izyumlik ayol ko‘ngillilar tomonidan shaharning muhtoj aholisi uchun to‘plangan poyabzallarni ko‘rib chiqmoqda. Mer o‘rinbosari Vladimir Matsokin ko‘plab vayronalar tufayli Izyum qishga tayyor emasligini aytdi va «aholining zaif qatlamlarini» shahardan evakuatsiya qilish haqida taklif berdi.
Foto: EPA

Izyum kasalxonasidagi odamlar.
Foto: EPA
Ozod qilingan qishloqlardan birida ukrainalik sapyorlar

Ukraina sapyorlari Xarkov viloyati Grakovo qishlog‘ida rus minasiga uchrab portlagan erkakning jasadi yonida. Hudud sentyabr boshida Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o‘tkazilgan qarshi hujum natijasida ozod qilingan.
Foto: AP Photo

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan nashr etilgan «Krasnaya zvezda» gazetalari dastasi, granata va protivogazlar — bu ashyolarni rus qo‘shinlari Grakovodan chekinishda qoldirib ketgan.
Foto: AP Photo

Ukrainalik sapyor Grakovoni minalardan tozalash paytida rus harbiylari tashlab ketgan o‘q-dorilarni yig‘moqda.
Foto: AP Photo

Grskovoda ukrainalik sapyorlar mina qidirmoqda.
Foto: AP Photo

Sapyorlar rus harbiylari tashlab ketgan harbiy anjomlarni portlatmoqda.
Foto: AP Photo “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar