date
views 1 056

Frontex muhojirlarni Gretsiyadan Turkiyaga noqonuniy ravishda chiqarib yubordi

Frontex muhojirlarni Gretsiyadan Turkiyaga noqonuniy ravishda chiqarib yubordi
Yevropa Ittifoqining Frontex chegara agentligi muhojirlarni Gretsiyadan Turkiyaga noqonuniy ravishda chiqarib yuborish bo‘yicha ko‘plab holatlarni yashirgan. Bu haqda Yevropaning firibgarlikka qarshi kurash boshqarmasi hisobotida aytildi.

120 sahifalik hujjatga ko‘ra, Frontexning yuqori martabali mansabdor shaxslari noqonuniy muhojirlarga nisbatan inson huquqlari buzilishi holatlarini yashirish yoki lozim darajada tergov qilmaslik orqali “jiddiy qonunbuzarlik va boshqa jinoyatlarga”ga yo‘l qo‘ygan.

Buni o‘tgan yillar davomida, ayniqsa, Suriyadagi urush tufayli yuzaga kelgan migratsiya inqirozi davrida nodavlat tashkilotlari qayta-qayta ko‘tardi.

2020 yil 5 avgust kuni Frontex xodimi Gretsiya hukumati muhojirlar qayig‘ini Turkiya tomoniga qaytarishga majburlaganiga guvoh bo‘lganidan keyin voqea haqida xabar berildi.

Yevropa Ittifoqi qonunchiligi odamlarni boshpana yoki boshqa himoya so‘rash huquqlariga qaramay, xalqaro chegara orqali chiqarib yuborish yoki majburan qaytarishni taqiqlaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Frontex muhojirlarni Gretsiyadan Turkiyaga noqonuniy ravishda chiqarib yubordi