date
views 2 295

Rossiya Belarus samolyotlarini yadro quroli tashishga moslashtirib beradi

Rossiya Belarus samolyotlarini yadro quroli tashishga moslashtirib beradi
Foto: EPA
Rossiyaning BMTdagi delegatsiyasi rahbari o‘rinbosari Konstantin Voronsov ma’lum qilishicha, Belarus Rossiyadan «Iskander-M» majmualarini qabul qilib oladi. Shuningdek, Belarusning Su-25 samolyotlari bir qismi yadro qurolini tashish uchun moslashtiriladi. Bu haqda «BelSAT» xabar bermoqda.

«Ushbu bosqichda gap Belarus Respublikasiga faqat 'Iskander-M’ majmualarini berish va Su-25 samolyotlarining bir qismini yadro quroli tashish bo‘yicha texnik imkoniyat bilan ta’minlash haqida bormoqda. Shu bilan birga, Belarusga samolyotlarni yadro quroli tashuvchilariga aylantiruvchi qurilmani taqdim etish ko‘zda tutilmayapti», — dedi Voronsov.

Shuningdek, uning aniqlik kiritishicha, Moskva hozircha Minskka yadro quroli berish yoki uni Belarus hududiga olib kirish niyatida emas.

Nashr eslatishicha, joriy yil yozda Vladimir Putin Belarus samolyotlarini Rossiya zavodlarida modernizatsiya qilishga rozi bo‘lgandi. Rossiya prezidenti Minskka «Iskander-M» majmualari berilishini, ularga yadroviy jangovar kallaklar o‘rnatish mumkin bo‘lishini aytgandi.

Avgust oxiridayoq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat samolyotlari yadroviy jangovar kallaklarni tashishga qodir bo‘lganini ma’lum qilgandi.

Belarus 1996 yildan buyon yadro quroliga ega emas. Biroq 2021 yildan beri Lukashenko G‘arbga tahdid qilib, Rossiya Minskka jangovar kallaklarni berishini aytmoqda. Xususan, 2021 yil oktabrida siyosatchi agar NATO yadro raketalarini Polshaga joylashtirsa, Putindan snaryadlarni Minskka qaytarishni so‘rashi haqida ogohlantirgandi.

2022 yil fevralida esa Lukashenko «dushmanlar» «ahmoqona ish» tutadigan bo‘lsa, Belarusga «nafaqat yadroviy, balki yadrodan ham kuchli» qurol joylashtirilishini aytgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Belarus samolyotlarini yadro quroli tashishga moslashtirib beradi