date
views 2 004

Oyatulloh Homanaiy musulmonlarni birlikka chaqirdi: “Buni uddalay olamiz!”

Oyatulloh Homanaiy musulmonlarni birlikka chaqirdi: “Buni uddalay olamiz!”
Eron poytaxti Tehronda 36-Xalqaro Islom birligi konferensiyasi ish boshladi. Unda 40 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida rasman ochildi.

Mazkur konferensiya har yili Islom tafakkur maktablari birligi Jahon forumi tomonidan Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning tavallud kunlarida tashkil etiladi.

Bu yilgi konferensiyaning asosiy mavzusi “Islom birligi, tinchlik va islom olamida bo‘linish va nizolardan qochish” deb nomlandi. Urush va tinchlik, islomiy birodarlik, terrorizmga qarshi kurashish, diniy kelishuvni qabul qilish, hamdardlik, turli islomiy mazhablar o‘rtasidagi o‘zaro harakat, sionistik rejim bilan munosabatlarni normallashtirishni qoralash kabi mavzular tadbirning boshqa mavzularidandir.

Islom inqilobi yetakchisi Oyatulloh Homanaiy kecha konferensiyasiga kelgan Eron rasmiylari va mehmonlarini qabul qilar ekan, musulmonlarni birdamlikka chaqirdi.

Oyatulloh Homanaiyning aytishicha, islom birligi – butun dunyo bo‘ylab islom ummati manfaatlarini himoya qilishda hamjihat bo‘lish demakdir.

Birdamlik islom ummati (jamoasi) manfaatlarini himoya qilishda hamjihat bo‘lish demakdir. Bu geografik birlikni ham anglatmaydi, chunki 1960-1970 yillarda ba’zi arab davlatlari birlashishga harakat qilgan. Ammo – behuda.

Biz avvalo musulmon ummatining manfaatlarini aniqlashimiz kerak. Shunda xalqlar bu borada bir to‘xtamga kelishlari va Ummatning o‘z vaqtida nimaga muhtojligini ko‘rishlari kerak: kim bilan dushman, kim bilan do‘st va qanday do‘stlik qilish kerakligini [ko‘rishlari kerak]”, dedi u.

Uchrashuvda Imom Homanaiy, shuningdek, bir yoki ikki davlatning boshqa xalqlarga o‘z irodasini yuklashi bir qutbli tartibi endi qabul qilinishi mumkin emasligini aytdi.

Dunyoning siyosiy xaritasi o‘zgarmoqda”, dedi Oyatulloh Homanaiy. Uning ta’kidlashicha, bir qutbli tizimda AQSH kabi kibrli davlatlar o‘z siyosatlarini yaratadi va ularni Iroq, Suriya, Eron yoki Livan kabi boshqa davlatlarga nisbatan tatbiq qiladi.

Jahon aholisi bu kuchlarning haqiqatidan xabardor bo‘lib, bir yoki ikki davlat boshqa xalqlarni bo‘ysunishga majburlash g‘oyasini rad etadi, deya qo‘shimcha qildi u.

O‘zgaruvchan dunyoda musulmonlar birligi va yuksak mavqega ega bo‘lish mumkinmi?” degan savolga javob berar ekan, Humaneiy: “Ha, musulmon xalqlar o‘rtasida birlik bo‘lishi mumkin, lekin buning uchun qattiq harakat qilish, bosim va qiyinchiliklarga qarshi turish kerak”, dedi.

Humaneiy eng asosiy umid islom olamining elita tabaqasi va fahm-farosatli yoshlar hamda ularning jamoatchilik fikrini yo‘naltirishdagi o‘rni katta ekanini ta’kidladi.

Oyatulloh Humaneiyning so‘zlariga ko‘ra, Islom Respublikasi o‘sha davrning ikki yirik kuchi – AQSH va Sovet Ittifoqiga qarshi tura olgan.

Musulmonlar birlasha olishiga Eron Islom respublikasi misol bo‘la oladi. Mamlakatimiz vaqtida o‘sha davrning ikki qudratli davlatiga qarshi turgan kichik bir nihol edi va o‘sha nihol hozirda katta daraxtga aylandi. Biz buyuk kuchlarga qarshi turib, olg‘a intildik. Albatta, qarshilik qilish oson emas, ammo taslim bo‘lganlar ham qiyinchiliklarga duch kelishadi. Farqi shundaki, qarshi turishlik taraqqiyotga, taslim bo‘lish esa orqaga qaytishga olib boradi”, dedi u.

Islom inqilobi oliy rahnamosi ISHIDning Iroq, Suriya va Afg‘onistonda sodir etgan jinoyatlari, ayniqsa, begunoh talabalarning o‘ldirilishidan afsuslanib, shia tomonda ham, sunniy tomonda ham islomga aloqasi bo‘lmagan ekstremistlar borligini qo‘shimcha qildi. Ularning qilmishlari islomiy mazhablarga qarshi ayblovlar uchun bahona bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, Homanaiyning fikricha, bir mazhabga xayrixohlik qilib, boshqa tarafning his-tuyg‘ulari bilan o‘ynashayotganlarga nisbatan qattiq choralar ko‘rish shart.

Falastin va Islom olamining boshqa mintaqalarida tobora kuchayib borayotgan mashaqqat, bosim va qotilliklarni “Islom ummatining parchalanishi” natijasi deb biladi va musulmonlar o‘rtasida mushtarak fikr borligiga e’tibor qaratib, jumladan, shunday dedi: “Islom ummatining parchalanishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildilar. Buning yaqqol misoli Falastindagi sunniylardir. Birodarlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni to‘liq quvvat bilan davom ettiramiz. Biz Allohning marhamati va yordamiga ishonamiz va buyuk Islom birligi orzusining amalda amalga oshishiga umid qilamiz".
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oyatulloh Homanaiy musulmonlarni birlikka chaqirdi: “Buni uddalay olamiz!”