08:53 / 20.10.2022
1 796

Norvegiyada Vladimir Putinning do‘stining o‘g‘li hibsga olindi

Norvegiyada Vladimir Putinning do‘stining o‘g‘li hibsga olindi
Foto: Wikimedia
Rossiya temiryo‘llari sobiq rahbari Vladimir Yakuninning o‘g‘li Andrey Shpitsbergen oroli uzra uchuvchisiz uchoq parvozi tufayli hibsga olindi. So‘nggi kunlarda bu Norvegiyada rossiyaliklarning uchuvchisiz uchoqlarni noqonuniy uchirgani uchun hibsga olinishi bilan bog‘liq yettinchi holat.

Norvegiyada Rossiya temiryo‘llari sobiq rahbari va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ishonchli shaxslaridan biri bo‘lgan Vladimir Yakuninning o‘g‘li Andrey Yakunin Shpitsbergen uzra noqonuniy ravishda uchuvchisiz uchoqni uchirgani uchun hibsga olindi. Andrey Yakunin 17 oktabr kuni Norvegiya shimolidagi Hammerfestda qo‘lga olingan, deb xabar berdi Norvegiya politsiyasi 19 oktabr, chorshanba kuni.

Rossiya-Britaniya fuqarosi Shpitsbergen arxipelagi ustida noqonuniy ravishda uchuvchisiz uchoqni uchirganini tan oldi. Yakunin tergov izolatorida, uning dronlari va boshqa elektron qurilmalari musodara qilingan, deb xabar berdi politsiya.

So‘nggi kunlarda bu Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tufayli Yevropaning Rossiya gaziga qaramligi kamayishi fonida Yevropa ittifoqiga gaz yetkazib berish bo‘yicha muhim ta’minotchiga aylangan Norvegiyada uchuvchisiz uchoqlarni noqonuniy uchirish va noqonuniy suratga olish uchun Rossiya fuqarolarining yettinchi hibsga olinishidir.

Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore Norvegiya aeroportlari yaqinida yangi uchuvchisiz uchoqlar parvozi munosabati bilan «xorijiy razvedka xizmatlarining Norvegiya aeroportlari uzra uchuvchisiz uchoqlar uchirishi»ni nomaqbul deb atadi. «Ruslar Norvegiya ustidan uchuvchisiz uchoqlarni uchirishga haqqi yo‘q», dedi u.

Undan bir necha soat avval Norvegiya g‘arbidagi Bergen aeroporti yaqinida uchuvchisiz uchoq havo qatnovini qisqa muddatga to‘xtatib qo‘ygan edi. So‘nggi paytlarda Norvegiyada UUA parvozlari Norvegiya energetika infratuzilmasi ob’ektlari hududida, shu jumladan gaz ishlab chiqarish platformalari hududida bir necha bor qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo