Irkutskda harbiy samolyot ikki qavatli uy ustiga qulab tushdi

Irkutskda harbiy samolyot ikki qavatli uy ustiga qulab tushdi
Rossiyaning Irkutsk shahrida Su-30 samolyoti ikki qavatli uy ustiga qulab tushdi. Bu haqda Irkutsk viloyati gubernatori Igor Kobzev ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Prjevalskiy ko‘chasidagi ikki qavatli uy ustiga SU toifasidagi samolyot qulab tushgan”, - deyiladi uning telegram kanalidagi xabarda.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Su-30 qiruvchisi sinov parvozi vaqtida halokatga uchraganini ma’lum qildi.

Qutqaruvchilar va boshqa idoralar vakillari hodisa joyiga yetib borishgan. Hodisa oqibatida ikki uchuvchi halok bo‘lgan. Aholi orasida qurbonlar yo‘qligi aytilmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar