
2022 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra, Qozog‘istonga 13 362 kishi qaytib keldi va qandaslar (etnik qozoqlar) maqomini oldi.
Bu haqda Qozog‘iston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi xabar bergan.
Umuman olganda, 1991 yildan buyon respublikaga 1101,2 ming etnik qozoq qaytib kelgan.
Yil boshidan buyon Qozog‘istonga kelgan qandaslarning yarmidan ko‘pi (68,7 foizi) O‘zbekistondan, 10 foizi Xitoydan, 7,9 foizi Turkmanistondan, 4,6 foizi Mo‘g‘ulistondan va 8,8 foizi boshqa davlatlardandir.
2021 yilda 17540 nafar qandas tarixiy vataniga qaytdi.
Qandas - ilgari Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan, o‘z tarixiy vataniga kelgan va «Aholining migratsiyasi to‘g‘risida»gi qonunida belgilangan tartibda tegishli maqomga ega bo‘lgan etnik qozoq yoki uning oila a’zolari.
Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng demografik muammolarga duch kelgan Qozog‘iston hukumati «Nurli Kosh» dasturi orqali qozoqlarni o‘z vatanlariga qaytishga undamoqda.
Ma’lumki, 5 millionga yaqin qozoqlar dunyoning 40 dan ortiq davlatida istiqomat qiladi va ularning aksariyati 1920-30 yillarda sovet davridagi siyosiy repressiyalar va qashshoqlik tufayli vatanni tark etganlar avlodidir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar