
Foto: Bloomberg
Rossiya harbiylarining o‘rtacha daromadi 2022 yil oxirigacha 51 ming rublga yoki 32 foizga oshadi. Bu haqda Elektron budjet ma’lumotlariga tayanib «Vedomosti» gazetasi xabar bermoqda.
2022 yilgi budjetda harbiylarga to‘lovlar uchun 912 milliard mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, hozir bu miqdor 1,216 trillion rublga oshgan.
«Vedomosti» ma’lumotlariga ko‘ra, agar Rossiyadagi harbiy xizmatchilarning o‘rtacha yillik sonini ular uchun belgilangan xarajatlarga ajratilsa, 2021 yilda o‘rtacha ish haqi 38,9 ming, 2022 yilda esa 51,4 ming rublni tashkil qiladi, bu 32 foizga ko‘pdir.
Harbiylarning real daromadi atigi 16 foizga o‘sadi, chunki 2022 yilda inflyatsiya Iqtisodiyot vazirligining taxminlariga ko‘ra 13,9 foizni tashkil qilishi kerak.
«Vedomosti»ning hisob-kitobi Rosstat ma’lumotlariga to‘g‘ri keladi. 2018 yildan beri agentlik harbiylarning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqmaydi, balki boshqa huquqni muhofaza qilish organlari va «Jamiyatga davlat xizmatlarini ko‘rsatish» umumiy toifasi bo‘yicha hisobotni e’lon qiladi.
Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu toifadagi o‘rtacha daromad taxminan 38,5 ming rublni tashkil qiladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy operatsiyada qatnashgan shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilarga oyiga 200 ming rubldan to‘lovlarni taklif qiladi.
Shuningdek, hukumat safarbar qilingan harbiy xizmatchilarga 195 ming rubl miqdorida oylik to‘lovlar belgilagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar