
Foto: «RIA Novosti»
Burundi sobiq ikkinchi vitse-prezidenti, 53 yoshli Jozef Butore Rossiya fuqaroligini oldi. Tegishli farmonni Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzoladi, hujjat huquqiy axborotning rasmiy portalida e’lon qilindi.
Butore Jozef, 1969 yil 14 aprelda Burundi shahrida tug‘ilgan, — deb qayd etildi u rus fuqaroligini olganlar ro‘yxatida
Undan tashqari, Rossiya fuqaroligini olganlar ro‘yxatida Markaziy Osiyo respublikalari, Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Vetnam, Bangladesh, Gvatemalaning tub aholisi — jami 37 kishi bor.
Jozef Butore 2015-2020 yillarda Burundining ikkinchi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. 2018 yilda u Rossiyaning «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar