
Foto: imago
Rossiya dushmanning yadroviy zarbasiga javoban yirik yadroviy zarba berish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mashg‘ulotlarni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin shaxsan kuzatib borgan.
«Kamchatkadagi Kura poligonida Plesetsk davlat sinov kosmodromidan «Yars» qit’alararo ballistik raketasi va Barens dengizidan «Sineva» ballistik raketasi uchirildi. Havodan uchiriladigan qanotli raketalarni uchiruvchi uzoq masofali Tu-95MS samolyotlari ham vazifalarga jalb qilingan», - deyiladi Kreml veb-saytida.
Kreml matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, strategik tiyib turuvchi kuchlarni tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar to‘liq bajarilgan, barcha raketalar belgilangan xususiyatlarni tasdiqlagan holda nishonga yetib borgan.
Avvalroq Pentagon Rossiya rasmiylari AQSHni «Grom» strategik yadroviy kuchlarining mashg‘ulotlari haqida oldindan xabardor qilgani haqida xabar berdi. Ushbu mashqlar har yili muntazam ravishda o‘tkaziladi, deya qo‘shimcha qildi AQSH Mudofaa vazirligi.
Avvalgi «Grom» mashqlari 2022 yil 19 fevralda, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanishidan besh kun oldin bo‘lib o‘tgan edi.
Rossiya rasmiylari RF harbiy doktrinasiga ko‘ra, Moskva o‘ziga yoki ittifoqchilariga qarshi bunday qurol qo‘llanilishiga javoban, shuningdek oddiy qurollardan foydalangan holda tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda, «davlatning mavjudligi tahdid ostida bo‘lganda» yadro qurolidan foydalanishi mumkinligini bir necha bor ta’kidlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar