date
views 2 297

Ukraina: Rossiya «qodirovchilar»ni Belarusga jo‘natishni boshladi

Ukraina: Rossiya «qodirovchilar»ni Belarusga jo‘natishni boshladi
Foto: usionline
26 oktabr kuni Brest temiryo‘l vokzaliga Rossiyadan harbiy texnika esheloni yetib kelgani qayd etildi. RF Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari bilan birga «qodirovchilar» deb atalgan shaxslar ham yetib kelishmoqda, deb ma’lum qildi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi spikeri Aleksandr Shtupun.

Bundan tashqari, Brest va Malorita shaharlari orasidagi aholi punktlarida rossiyalik harbiylar yurgani qayd etilgan.

Ukraina tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, raketa zarbalari va Belarus hududidan zarba beruvchi dronlardan foydalanish tahdidi hali ham saqlanib qolmoqda.

Ayni paytda Rossiya bosib olingan hududlarni o‘z qo‘lida ushlab turishga harakat qilmoqda, kuchlarini mudofaa kuchlarini ma’lum yo‘nalishlarda to‘xtatishga jamlamoqda hamda Baxmut va Avdeyevskiy yo‘nalishlarida hujumni to‘xtatmayapti, deyiladi Ukraina Qurolli Kuchlar Bosh shtabining xulosasida.

O‘tgan kun davomida Ukraina Donetsk viloyatining Yakovlevka, Baxmut, Baxmutskoye, Aleksandropol, Kamenka, Avdeyevka, Pervomayskoye, Krasnogorovka, Marinka, Novomikaylovka aholi punktlarida Rossiya Qurolli kuchlarining hujumlarini qaytardi.

Bu vaqt ichida Rossiya 5 ta raketa va 23 ta aviatsiya zarbalarini berdi, bir nechta raketa tizimlaridan 100 dan ortiq hujumlarni amalga oshirdi. Oqibatda 45 ta aholi punkti, jumladan, Donetsk viloyatidagi Slavyansk va Seversk, Xerson viloyatidagi Zaporijjya va Novoaleksandrivka zarar ko‘rdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina: Rossiya «qodirovchilar»ni Belarusga jo‘natishni boshladi