date
views 2 671

Kiyev elektr va suvsiz qoldi

Kiyev elektr va suvsiz qoldi
Ukraina poytaxti yaqinidagi energetika ob’ektiga raketa zarbalari berilishi oqibatida Kiyevning 80 foiz aholisi ichimlik suvidan uzilib qoldi.

Kiyev shahri meriyasi ma’lumotiga ko‘ra, suv ta’minotini tezroq tiklash bo‘yicha ishlar ketmoqda.

Shaharliklarga esa yaqin-o‘rtadagi ishlab turgan suv manbalari yoki savdo nuqtalaridan suv g‘amlab qo‘yish tavsiya qilingan.

Bugun, 31 oktabr tongida Ukraina, jumladan, Kiyevning muhim infratuzilma ob’ektlariga Rossiya raketa zarbalari berdi. Oqibatda poytaxt Kiyev elektrsiz va suvsiz qoldi.

Ayni paytda energetiklar Kiyevdagi 350 mingdan ortiq xonadonni ta’minlovchi energiya ob’ektini ta’mirlashmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kiyev elektr va suvsiz qoldi