12:47 / 01.11.2022
1 600

Putin Ukrainadagi ob’ektlarga zarbalar Sevastopoldagi teraktga javob bo‘lganini aytdi

Putin Ukrainadagi ob’ektlarga zarbalar Sevastopoldagi teraktga javob bo‘lganini aytdi
Foto: EPA
Ukrainadagi energetika ob’ektlariga zarbalar «qisman» Sevastopoldagi teraktga javob hisoblanadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armaniston va Ozarbayjon yetakchialri bilan muzokaralardan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«Qisman shunday. Ammo bu biz qilishimiz mumkin bo‘lgan narsalarning hammasi emas», — dedi Putin 31 oktabr kuni Ukraina hududidagi ob’ektlarga zarbalarni Ukraina qurolli kuchlarining Sevastopoldagi hujumlariga javob deb hisoblash mumkinmi? — degan savolga javoban.

29 oktabrga o‘tar kechasi Ukraina qurolli kuchlari havo va dengiz dronlari Sevastopol ko‘rfazida Qora dengiz floti va fuqarolik kemalariga hujum qildi. Shahar gubernatori Mixail Razvojayev dronlarning barchasi yo‘q qilinganini, fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetmaganini va jabrlanganlar yo‘qligini bildirdi. Shu bilan birga, Rossiya Mudofaa vazirligi «Ivan Golubes» kemasi zarar ko‘rganini ma’lum qildi.

Shuningdek, muassasaga ko‘ra, dronlar hujumiga uchragan kemalar «don bitimi» doirasida dengiz yo‘lagi xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etgan. Shundan keyin Rossiya ushbu bitimdagi ishtirokini to‘xtatishga qaror qildi.

31 oktabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi harbiy va energetika ob’ektlariga zarbalar haqida hisobot berdi. Shu kuni Kiyev, Xarkov va Ukraina tomonidan nazorat qilinuvchi Zaporoje shahrida portlashlar yuz berdi, oqibatda poytaxtning bir qismida elektr va suv ta’minotlari uzilib qoldi. Cherkassi va Kirovograd viloyatlarida ham energetika ob’ektlariga zarar yetdi. Xarkovda metro harakati to‘xtatildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo