08:30 / 02.11.2022
1 013

Ukrainada energetika infratuzilmasining 40 foizi vayron bo‘ldi

Ukrainada energetika infratuzilmasining 40 foizi vayron bo‘ldi
Foto: Andrew Kravchenko
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya zarbalari natijasida mamlakat energetika infratuzilmasining 40 foizga yaqini vayron bo‘lganini aytdi. Bu haqda u energetika bo‘yicha Yevropa komissari Kadri Simson bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Shuningdek, u Ukraina energetika sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun harbiy yordam bilan shug‘ullanuvchi Ramshteyn kontakt guruhiga o‘xshash maxsus platforma yaratilishini olqishladi.

«Ushbu «iqtisodiy Ramshteyn» platformasi qurilmoqda va ishlay boshlaydi. Energetika masalasi bugungi kunda moliyaviy inqiroz va qurol taqchilligi bilan birga ketmoqda, shuning uchun bunday platformani yaratish kerak», dedi Zelenskiy.

Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning mamlakat energetika tizimiga zarbalarini misli ko‘rilmagan, deb atagandi.

«Rossiyalik terrorchilar bizning energetika sohamiz uchun shunday og‘ir sharoitlarni yaratib berishdiki, Yevropada hech kim buni shunchaki ko‘rmagan yoki uchratmagan. Mutaxassislarimiz hozirda yengib o‘tishga majbur bo‘layotgan tahdidlar avval yo‘q edi», - dedi u.

Zelenskiy yana bir bor ukrainaliklarni elektr energiyasini iste’mol qilishni cheklashga chaqirdi: «Endi biz, barcha ukrainaliklar energiyani ongli ravishda iste’mol qilishimiz kerak. Iltimos, umumiy energiya tizimida taqchillik mavjud bo‘lsa-da, har biringiz o‘zingizning elektr energiyasi iste’molini cheklash sxemasini tanlang».

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo