10:57 / 02.11.2022
1 466

Turkiya 50 davlat qatorida Xitoyning uyg‘urlarga nisbatan siyosatini qoraladi

Turkiya 50 davlat qatorida Xitoyning uyg‘urlarga nisbatan siyosatini qoraladi
BMTga a’zo 50 davlat, jumladan, Turkiya Xitoy hukumatini asossiz ravishda hibsga olingan Shinjon-Uyg‘ur muxtor rayoni aholisini ozod qilishga chaqirdi.

Kanadaning BMTdagi doimiy vakili Bob Rayeb 50 davlat tomonidan imzolangan chaqiriqni o‘qib eshittirgan.

Qo‘shma bayonotda inson huquqlari tizimli ravishda buzib kelinishini qoralangan. Hujjat mualliflari BMTning Xitoyning Shinjonda “insoniyatga qarshi jinoyatlar”i to‘g‘risidagi hisobotiga tayangan.

Davlatlar Pekinni hisobotda keltirilgan barcha tavsiyalarga amal qilishga, bedarak yo‘qolganlar haqida barcha ma’lumotlarni ochiqlashga chaqirgan.

Turkiyadan tashqari, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Avstraliya, Isroil va boshqa davlatlar hujjatni imzolagan.

Xitoy tomonidan inson huquqlarining jiddiy va doimiy ravishda buzilib kelinishini terrorizmga qarshi kurash bilan oqlab bo‘lmaydi”, – degan BMT davlatlari.

O‘z navbatida Buyuk Britaniya TIV rahbari Jeyms Kleverli Twitter sahifasida “6 qit’adagi 50 davlatning bayonoti xalqaro xavotir ko‘lamini ko‘rsatadi”, – deb yozdi.

Xitoy bunga javoban BMT Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishiga boykot e’lon qilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo