15:03 / 02.11.2022
1 224

Polsha Rossiya bilan chegarada devor qurishni boshladi

Polsha Rossiya bilan chegarada devor qurishni boshladi
Polsha-Rossiya chegarasi
Foto: Wikipedia

Polsha Rossiya bilan chegarada tikanli simdan to‘siq qurishni boshladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Mariush Blashchak ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, devorning balandligi 2,5 metr bo‘ladi.

Polsha Rossiya bilan chegarada devor qurishni rejalashtirayotgani haqida 2022 yil fevralida ma’lum bo‘lgan, bu haqda Polsha milliy mudofaa vaziri o‘rinbosari Voysex Skurkevich aytib o‘tgandi. «Polsha—Rossiya chegarasida hali devor qurmayapmiz, bu haqda e’lon qildik, xolos», — degan edi Skurkevich jurnalistlarning savollariga javob berarkan. U devor qurish rejalari Polsha chegara qo‘riqlash xizmatini rivojlantirish konsepsiyasiga kiritilganini aytgandi.

Polsha Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan chegaradosh bo‘lib, chegaraning umumiy uzunligi 204,1 kilometrga teng. Chegara zonasida aholi punktlari yo‘q, faqat chegara zastavasi va o‘tkazish punktlari joylashgan.

2022 yil 19 sentyabrdan Polsha hukumati rossiyaliklarning Shengen vizasi bilan mamlakatga kirishini rasman taqiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Polsha Belarus bilan chegarada to‘siq qurishni yakunlagan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo