17:53 / 02.11.2022
1 192

O‘zbekistonlik imomlar AQSHdagi vatandoshlar bilan uchrashadi

O‘zbekistonlik imomlar AQSHdagi vatandoshlar bilan uchrashadi
Foto: muslim.uz
9-19 noyabr kunlari o‘zbekistonlik imomlar Hasanxon Yahyo Abdulmajid va Qamariddin Bahriyev Amerika Qo‘shma Shtatlariga safar qilib, vatandoshlar bilan uchrashadi.

Ulamolarning safari O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Musulmonlar idorasi va AQSHdagi vatandoshlar tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilyapti.

O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasidan ma’lum qilishlaricha, vatandoshlar bilan uchrashuvlar quyidagi shaharlarda bo‘lib o‘tadi:
  • 9-10 noyabr kunlari Filadelfiyadagi “Isabet Academic Campus”da, mahalliy vaqt bilan tushki 04:00 da;
  • 11 noyabr kuni Nyu-Yorkdagi “Imam Abu Hanifa” masjidida, tushki 12:00 da;
  • 12 noyabr kuni Nyu-Yorkdagi “Emir Palace” restoranida. Tushki 11:00 da;
  • 13-14 noyabr kunlari Cincinnati shahridagi (Ogayo shtati) “West Chester Township”da tushki 16:00 da;
  • 16 noyabr kuni Chikagodagi “Masjid-ul-Islam” masjidida, tushki 06:00 da;
  • 18-19 noyabr kunlari Orlando shahridagi “Al-Bukhari” islomiy markazida, tushki 12:00 da.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo