21:00 / 05.11.2022
1 644

Rossiyada og‘ir jinoyat uchun sudlangan shaxslarni harbiy xizmatga chaqirishga ruxsat berildi

Rossiyada og‘ir jinoyat uchun sudlangan shaxslarni harbiy xizmatga chaqirishga ruxsat berildi
Foto: grani
Rossiya prezidenti Putin safarbarlik to‘g‘risidagi federal qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonunni imzoladi.

Rossiyada og‘ir jinoyatlar haqidagi moddalar bo‘yicha olib tashlanmagan yoki sudlanganligi o‘talmagan fuqarolarni safarbarlik paytida harbiy xizmatga chaqirishga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi. «Rossiya Federatsiyasida safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik to‘g‘risida»gi federal qonunga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan ushbu o‘zgartirishlarni kirituvchi qonun 4 noyabr, juma kuni rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.

Safarbarlik to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririda voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar yoki Rossiya Jinoyat kodeksi moddalarida terrorchilik harakatini sodir etganlik, noqonuniy qurolli tuzilmani tashkil etish, samolyot yoki suv yoki temiryo‘l transportini olib qochish, yadroviy materiallar bilan noqonuniy muomala qilish, davlatga xiyonat qilish, davlat arbobi hayotiga tajovuz qilish, hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olish bo‘yicha jinoyatlar uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki jazo muddati o‘talmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmasligi belgilandi.

Shu bilan birga, federal ijro etuvchi hokimiyat organlariga, Rossiya ta’sis sub’ektlarining ijro etuvchi hokimiyatlariga yoki mahalliy davlat hokimiyati organlariga bo‘ysunadigan tashkilotlarda muqobil fuqarolik xizmatini o‘tayotgan fuqarolar safarbarlik davrida Rossiya Qurolli kuchlari, boshqa qo‘shinlari, harbiy tuzilmalari, organlari va maxsus tuzilmalarida fuqarolik xodimlari lavozimlarida xizmat qilish uchun yuborilishi mumkin, deyiladi qonunda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada og‘ir jinoyat uchun sudlangan shaxslarni harbiy xizmatga chaqirishga ruxsat berildi