11:44 / 06.11.2022
2 239

Britaniya razvedkasi: Rus generallari dezertirlarni otib tashlanishini talab qilmoqda

Britaniya razvedkasi: Rus generallari dezertirlarni otib tashlanishini talab qilmoqda
O‘ta tushkun kayfiyat va urushda toliqqanlik ortidan Rossiya kuchlari “bloklovchi qismlar”ni tuzishni boshladi. Bu haqda RBK-Ukraina Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotnomasiga ko‘ra, ushbu otryadlar chekinayotgan askarlarni hujum qilishga majbur qilib, tahdid qilish bilan shug‘ullanadi va bundan oldingi nizolarda ham RF qo‘mondonligi tomonidan ishlatilgan.

Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda rus generallari o‘z qo‘l ostidagi komandirlardan dezertirlarga qarshi qurol ishlatishni talab qilmoqda. Xususan, jang qilishdan bosh tortganlar otib tashlanishi mumkin.

Otuvlarning qo‘llanilishi Rossiya kuchlarining past sifati, ruhiy tushkunligi va intizomsizligidan dalolat beradi”, – deb qayd etilgan Britaniya mudofaa vazirligi axborotnomasida.

Bundan tashqari, so‘nggi ikki oyda rus qo‘shinlari bor yo‘g‘i ikki ukrain qishlog‘ini egallashga muvaffaq bo‘lgani ta’kidlangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo