14:46 / 06.11.2022
4 306

Agar Isroil Ukrainaga qurol yuborsa, Rossiya javob qaytaradi

Agar Isroil Ukrainaga qurol yuborsa, Rossiya javob qaytaradi
AQSH va Eron matbuoti, agar Isroil Ukrainaga mudofaa qurollarini yuborsa, Rossiya javob qaytarishi haqida xabar berdi.

Bloomberg agentligi xabariga ko‘ra, agar Isroil Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita yuborsa, Rossiya javob beradi.

Ayni paytda Eron muxolifati tomonidan boshqariladigan xalqaro Eron kanali Rossiya Isroilning mudofaa raketalarini Ukrainaga o‘tkazish bo‘yicha har qanday urinishiga javob berishini xabar qildi.

O‘tgan oy Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Isroilni Ukrainaga qurol-yarog‘ yuborishdan ogohlantirib, bu ikki tomon o‘rtasidagi «barcha diplomatik munosabatlarni yo‘q qilishini» aytgan edi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy seshanba kuni Isroil yaqinda o‘z mamlakatiga fevral oyida so‘ragan radioaloqa tizimlarini berishga rozi bo‘lganini e’lon qildi.

O‘tgan hafta Zelenskiy tomonlar Rossiya tomonidan urushda qo‘llangan Eronda ishlab chiqarilgan Shaheed-136 xudkush dronlariga oid razvedka bo‘yicha hamkorlik qilayotganini aytdi.

«Biz yangi yirik ittifoq, Rossiya va Eronga qarshi kurashmoqdamiz, endi umid qilamanki, Isroil bizga yordam beradi va bunga qat’iy javob beradi», - dedi u Ukraina va boshqa mamlakatlar razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya 1500 ga yaqin Eron harbiy zarbdor dronlarini olganini aytadi.

The Times of Israel gazetasining xabar berishicha, Ukrainaning Isroildagi elchisi Yevgeniy Korniychuk yakshanba kuni «mudofaa bilan bog‘liq ba’zi texnik masalalarda», xususan, Isroilning raketalardan ogohlantirish texnologiyasini taqdim etish taklifi bo‘yicha muvaffaqiyatga erishilgani bilan o‘rtoqlashgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo