
Foto: RIA Novosti
«Maxsus operatsiya» qo‘shinlari qo‘shma guruhi qo‘mondoni Sergey Surovikin qo‘shinlarni olib chiqish operatsiyasi yaqin vaqt ichida yakunlanishini aytdi.
Surovikin vazirga bergan hisobotida Ukraina qurolli kuchlari Kaxovskaya GES quyi hududidagi yerlarni suv ostida qoldirish rejasi borligini aytdi. Bunday holda, uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shinlarning olib chiqilishi hozir Xersonni egallab turgan askarlar hayotini saqlab qolishga yordam beradi.
«Mavjud vaziyatni har tomonlama baholagan holda, Dnepr daryosining chap qirg‘og‘i bo‘ylab mudofaani tashkil qilish taklif etiladi. Bu juda qiyin qaror ekanini tushunaman. Shu bilan birga, biz, eng muhimi, harbiylarimizning hayoti va qo‘shinlar guruhining umumiy jangovar qobiliyatini saqlab qolamiz», — dedi Sergey Surovikin.
«Bundan tashqari, kuch va vositalarning bir qismi janglarning boshqa yo‘nalishlaridagi faol operatsiyalar, shu jumladan hujumkor harakatlar uchun ishlatiladi», — deb qo‘shimcha qildi u.
«Sizning xulosa va takliflaringizga qo‘shilaman. Biz uchun rossiyalik harbiy xizmatchilarning hayoti va sog‘lig‘i doimo birinchi o‘rinda turadi», deb javob berdi Sergey Shoygu.
Rossiya qo‘shinlari Xerson uchun jangni 24 fevralda, Ukraina bosqinining ilk kunida boshlagan edi. Shahar 3 mart kuni bosib olindi va shu vaqtgacha rus armiyasi nazorati ostida edi.
30 sentyabr kuni prezident Vladimir Putin Rossiya tarkibiga yangi hududlar, jumladan Xerson viloyatini kiritish to‘g‘risidagi bitimlarni imzoladi. Viloyat 23-27 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan referendum natijasida anneksiya qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar