09:36 / 11.11.2022
1 495

Belarusda «Yashasin Belarus!» shiori fashistlar qutloviga tenglashtirildi

Belarusda «Yashasin Belarus!» shiori fashistlar qutloviga tenglashtirildi
Foto: Reuters
Endi «Jive Belarus!» (Yashasin Belarus!) shiorini aytish va unga «Jive» (Yashasin!) deb javob berish jinoyat hisoblanadi.

Belarus Ichki ishlar vazirligi «Jive Belarus!» (Yashasin Belarus!) shiori va unga javob tariqasida aytiladigan «Jive» (Yashasin!) hayqirig‘ini natsistlar ramzi va timsollari ro‘yxatiga kiritdi.

Bu iboralar o‘tgan yili Belarusda yuz bergan ommaviy norozilik namoyishlarining shioriga aylangan edi.

«Jive Belarus!» - fashistlar bilan hamkorlik qilgan 13-Belarus politsiya bataloni va 30-Vaffen SS diviziyasi timsoli hisoblanadi. U nemislarning «Hayl Hitler!» (Yashasin Hitler!) qutloviga o‘xshash bo‘lib, o‘ng qo‘lni ko‘tarib, ochiq kaftini namoyish etish bilan ifodalanadi», deyiladi Belarus IIB bayonotida.

Belarusda natsistlar ramzini targ‘ib qilish 4 yilgacha qamoq bilan jazolanadi.

Ushbu tashabbus Vakillar palatasi deputati Igor Marzalyuk tomonidan berilgan. 2021 yil noyabrida u muxolifat shiori fashistlarning «Zig Hayl!» (Yashasin g‘alaba!) qutlovi nusxasi ekanini aytgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo