date
views 1 053

Alsgeymer va Parkinson kasalliklarini davolashning yangi usuli topildi

Alsgeymer va Parkinson kasalliklarini davolashning yangi usuli topildi
Foto: Getty Images
Amerikaning Sent-Luis shahridagi Vashington universiteti tibbiyot maktabi olimlari Alsgeymer va Parkinson kasalliklarini davolashning yangi usulini topdi. Tadqiqot natijalari Nature jurnalida chop etilgan.

Ko‘pgina neyrodegenerativ kasalliklar miyada amiloid blyashka deb ataladigan zararlangan oqsillarning to‘planishi bilan tavsiflanadi. Bunday oqsillarning chiqarib tashlash bilan bog‘liq usullar turli xil nyuanslarga ega. Yangi maqolada mualliflar blyashkalar to‘plamini yo‘q qilishning innovatsion usulini taqdim etdilar.

Qayd qilinishicha, miyani o‘rab turgan immunitet hujayralari blyashkalarni chiqarib tashlash samaradorligiga ta’sir qiladi. Ammo, yosh o‘tishi va Alsgeymer kasalligi oqibatida ushbu hujayralar faolligi pasayganligi kuzatilgan.

Sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribalarda mutaxassislar hayvonlarni immunostimulyatsiya qiluvchi dorilar ta’siriga duchor qilgan. Bu suyuqlikning chiqishini yaxshilab, immunitet hujayralarini «yoshartirgan». Natijada, miyadagi blyashkalar chiqib ketishi ham yaxshilangan.

Endi olimlar ushbu usulni insonlarda sinab ko‘rmoqchi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alsgeymer va Parkinson kasalliklarini davolashning yangi usuli topildi