14:08 / 11.11.2022
1 884

Bayden Ukrainadagi mojaroga barham berish shartini aytdi

Bayden Ukrainadagi mojaroga barham berish shartini aytdi
Kecha, 10 noyabr kuni AQSH prezidenti Jo Bayden chet el safariga jo‘nab ketish oldidan, jurnalistlarga Ukrainadagi mojaro qanday sharoitda yakunlanishi mumkinligi haqida gapirdi.

«Menimcha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadan qo‘shinlarni olib chiqmaguncha, mojaro hal bo‘lmaydi», – deydi Jo Bayden.

Avvalroq, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyati borligini ma’lum qilgan edi.

Bayden payshanba kuni Misrga tashrif buyuradi. U yerda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasida ishtirok etadi. Shundan so‘ng AQSH prezidenti Indoneziyaga G20 (G20) sammitiga boradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo