
Foto: VKontakte/Ramzan Qodirov
Prezident Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning rafiqasi Medni Qodirovaga «Qahramon ona» unvonini berdi.
«Vikipediya» yozishicha, Medni va Ramzan Qodirovlar 12 farzandni (to‘rt nafari o‘g‘il) tarbiyalashyapti.
Sobiq Ittifoq davrida amalda bo‘lgan «Qahramon ona» unvoni Putinning farmoni bilan 2022 yilning avgustida tiklangan edi. Ushbu unvon 10 nafar va undan ortiq farzandlarni tug‘ib, tarbiyalagan rossiyalik ayollarga beriladi. Unvon bir martalik 1 mln rubl mukofot puli, tegishli yorliq va ordendan iborat.
Medni Qodirova, Yamal-Nenes muxtor okrugida yashovchi Olga Dextyarenko bilan birga, Rossiyada ushbu unvon bilan taqdirlangan ilk ayollar bo‘lishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar