
Bugun 15 noyabr kuni Indoneziyaning Bali orolida G20 davlat rahbarlarining oziq-ovqat va energetika xavfsizligiga bag‘ishlangan ikki kunlik sammitining birinchi sessiyasi boshlandi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Balida boshlangan G20 sammiti ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi.
«Biz Rossiyaga nafas rostlab, o‘z kuchlarini tiklab olishga qo‘yib bera olmaymiz… Aminmanki, Rossiyaning buzg‘unchi urushini to‘xtatish kerak va bunga fursat yetib keldi. Bu minglab odamlarning hayotini saqlab qoladi. Yadroviy shantajni hech qanday oqlab bo‘lmaydi», – degan Ukraina yetakchisi.
Shuningdek, Zelenskiy Rossiyaga mahbuslarni «hamma hammasiga» formulasi bo‘yicha almashishni taklif qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar